AI bilan ovoz va musiqa
Matndan ovoz yaratish, qoʻshiq va jingl yozish, yozib olingan nutqni matnga aylantirish.
Ovoz bilan ishlash uchun endi studiya shart emas. Uch xil vazifa bor va har biri uchun oʻz vositasi.
1. Matndan nutq (ovoz berish)
ElevenLabs yozilgan matnni tabiiy ovozga aylantiradi. Video, reklama, audio kitob, oʻquv materiallari uchun qulay.
Qanday qilish:
- Matningizni joylang.
- Ovozni tanlang (erkak/ayol, yosh, ohang).
- Tinglang va kerak boʻlsa tinish belgilarini oʻzgartiring — vergul va nuqta pauzalarni boshqaradi.
Ovozni nusxalash ham mumkin — lekin faqat oʻz ovozingizni yoki ruxsat bergan odamnikini.
2. Musiqa va qoʻshiq
Suno va Udio bir necha qatordan toʻliq qoʻshiq yaratadi.
Upbeat pop jingle for a coffee shop, warm female vocals,
acoustic guitar and light percussion, 30 seconds
Qoʻshiq soʻzlarini oʻzingiz yozishingiz mumkin — hatto oʻzbek yoki rus tilida. Natija har doim ham mukammal talaffuz qilinmaydi, shuning uchun bir nechta variant yarating.
3. Nutqdan matn
Yigʻilish, intervyu yoki maʼruzani yozib oldingizmi? Whisper modeli nutqni matnga aylantiradi va oʻzbek tilini ham qoʻllab-quvvatlaydi. Koʻp xizmatlar va ilovalar shu model asosida ishlaydi.
Matnga aylantirgach, uni Claude yoki ChatGPT’ga bering: “Yigʻilishning qisqa xulosasini va vazifalar roʻyxatini tuz.”
Huquqiy eslatma
- Tijoriy loyihalarda AI musiqasidan foydalanishdan oldin xizmatning litsenziya shartlarini tekshiring.
- Boshqa odamning ovozini uning roziligisiz nusxalash — qonunbuzarlik boʻlishi mumkin.
Mashq
Biznesingiz yoki kanalingiz uchun 20 soniyalik jingl yarating va unga ElevenLabs bilan qisqa eʼlon ovozini qoʻshing.
CC BY-SA 4.0